Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetiga AQShning Pitsburg Universiteti Hamshiralik va Tibbiyot fakultetlari dekanlari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

2026-yilning 17-iyun kuni, AQShning Pitsburg Universiteti Hamshiralik va Tibbiyot fakultetlari dekanlari boshchiligidagi delegatsiya Universitetga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida tomonlar professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi, tibbiyot mutaxassislarini malakasini oshirish, hamda hamshiralik va tibbiyot yo’nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yana rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, tibbiyot sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, tajriba almashish, malakali mutaxassislar tayyorlash va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun: Pitsburg Universiteti – 1787-yilda AQShning Pensilvaniya shtati, Pitsburg shahrida tashkil etilgan. Ushbu Universitet xalqaro QS reytingida 281-o’rinda qayd etilgan bo’lib, Universitetda 31 000 dan ortiq talaba tahsil oladi. Universitetda 17 ta turli yo’nalishdagi fakultetlar, 600 dan ortiq ta’lim dasturlari mavjud.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment