





Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalar turar joyi kutubxonasi faol kitobxonlari safida bo‘lgan talaba, yosh dizayner Shohida Tosheva O‘zbekiston Milliy kutubxonasida siyosatshunos olim Laziz Rahmatovning “Dunyo mamlakatlari” kitobi taqdimotida ishtirok etdi.
Tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lishiga qaramay, milliy liboslar va turli xalqlar madaniyatiga qiziqadigan talaba ushbu kitobdan o‘zining “Shoyimed” brendini rivojlantirish yo‘lida ilhom olayotganini ta’kidladi.
Yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishi, kutubxona bilan hamkorlikdagi izlanishlari va ijodiy tashabbuslari kelajakdagi yirik loyihalarning mustahkam poydevoridir.
Kitob — bilim manbai, ilhom esa muvaffaqiyat sari yetaklovchi kuchdir.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin