Toshkent davlat tibbiyot universitetida, Tibbiy-Pedagogika va Davolash Fakulteti talabalarning Yakuniy Davlat Attestatsiyasi jarayonlari yakunlandi.

Joriy yilning 1 va 12 iyun kunlari Toshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti bitiruvchi kurs talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etildi.

Attestatsiyaning birinchi bosqichi sifatida 2026-yil 1-iyun kuni talabalar nazariy bilimlarini baholashga qaratilgan test sinov imtihonida ishtirok etdilar. Test sinovlari zamonaviy baholash mezonlari asosida o‘tkazilib, bitiruvchilarning kasbiy bilim darajasini aniqlashga xizmat qildi.

Yakuniy davlat attestatsiyasining ikkinchi bosqichi – OCKE (Obyektiv klinik kompetensiyalarni baholash) sinov imtihoni 2026-yil 12-iyun kuni soat 08:00 dan 14:30 gacha davom etdi. Mazkur imtihon davomida talabalarning amaliy ko‘nikmalari, klinik fikrlashi, bemor bilan muloqot qilish madaniyati hamda kasbiy kompetensiyalari maxsus stansiyalar orqali baholandi.

OCKE sinovlari universitetning Simulyatsion va amaliy ko‘nikmalar tashkil etilib, jarayonga malakali professor-o‘qituvchilar hamda ekspertlar jalb qilindi. Baholash mezonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida har bir stansiya uchun standartlashtirilgan nazorat varaqalari qo‘llanildi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi bitiruvchilarning egallagan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini kompleks baholash, ularning mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlik darajasini aniqlash hamda kelgusidagi faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni baholashga qaratilgan

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment