“ZAKOVAT AYOLLAR LIGASI” FINAL BOSQICHI YAKUNLANDI!

“ZAKOVAT AYOLLAR LIGASI” FINAL BOSQICHI YAKUNLANDI!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Zakovat Ayollar Ligasi”ning final bosqichi yuqori saviyada va murosasiz intellektual bahslar ruhida bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida jamoalar o‘zlarining bilim salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, munosib natijalar qayd etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — “Lider qizlar” jamoasi
5 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
2-o‘rin — “Optimum” jamoasi
4 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
3-o‘rin — “Legenda” jamoasi
3 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
G‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy muborakbod etamiz! Ularning ushbu muvaffaqiyati bilimga bo‘lgan intilish, izlanish va mehnatning yorqin natijasidir.
Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani uchun minnatdorlik bildiramiz va kelgusidagi intellektual bellashuvlarda ularga ulkan zafarlar tilaymiz.
Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:
Telegram | Web-saythttps://www.facebook.com/share/1CKxxvRaVu/

Leave a comment