Toshkent davlat tibbiyot universitetida yetakchi olimlar, shifokorlar va pediatriya sohasidagi ekspertlarni birlashtirgan “Bolalar salomatligini muhofaza qilishning fanlararo jihatlari” mavzusidagi

xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z yakuniga yetdi.

Tadbir davomida bolalar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga joriy etish, shuningdek, pediatriyada innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish masalalari keng muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida dolzarb ahamiyat kasb etayotgan mavzular yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Anjuman doirasida bolalar kasalliklarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan dolzarb ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. O‘zbekiston, Turkiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlaridan mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, tadbirning yuksak xalqaro maqomini yana bir bor tasdiqladilar.
Yakunda ishtirokchilar xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar, o‘zaro tajriba almashdilar hamda bolalar salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish va pediatriyada fanlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan rezolyutsiyani qabul qildilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment