Toshkentda bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi

Toshkent shahrida “Bolalar salomatligini muhofaza qilishning fanlararo jihatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi. Nufuzli tadbir bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash, zamonaviy tibbiyot yutuqlarini amaliyotga joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Anjumanda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov, universitet prorektorlari, respublikaning yetakchi tibbiyot mutaxassislari, olimlar hamda xorijiy ekspertlar ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida pediatriya, bolalar jarrohligi, neonatologiya, profilaktik tibbiyot va boshqa yo‘nalishlardagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda. Ishtirokchilar bolalar salomatligini muhofaza qilishda fanlararo hamkorlikning o‘rni, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qilmoqda.
Anjuman doirasida mahalliy va xorijiy mutaxassislarning ma’ruzalari tinglanib, tibbiyot amaliyotida samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalar taqdim etilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bolalar salomatligini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va sohada innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

Leave a comment