Katta hayot, katta sahnadan boshlandi…

Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2025–2026-o‘quv yili o‘z nihoyasiga yetdi. Shu munosabat bilan millionlab abituriyentlar orzu qiladigan dargohning bakalavriat va magistratura bosqichi bitiruvchilari uchun “BITIRUVCHI–2026” tantanali tadbiri muhtasham Xalqlar do‘stligi san’at saroyida yuqori saviyada tashkil etildi.

Yoshlarimiz uchun unutilmas bayramga aylangan ushbu tantanada mehmonlarni kirish qismidayoq simfonik orkestr sadolari qarshi oldi. Milliy kuy-qo‘shiqlar, betakror raqslar va badiiy chiqishlar bayramga o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Musiqa va san’at uyg‘unligida o‘tgan tadbir davomida professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar, ota-onalar hamda mehmonlar so‘zga chiqib, bitiruvchi yoshlarni samimiy qutladilar, ularga xalq salomatligini asrashdek sharafli va mas’uliyatli yo‘lda ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.
“BITIRUVCHI–2026” nafaqat diplomlar topshirilgan tantana, balki yillar davomida to‘plangan bilim, mashaqqat va fidoyilikning tantanasi, yosh shifokorlarning katta hayot sari dadil qadam qo‘ygan unutilmas kuni sifatida barchaning qalbidan chuqur joy oldi.
Aziz bitiruvchilar, sizlarni oldinda yangi marralar, ulkan yutuqlar va sharafli kasbiy faoliyat kutmoqda.
Oq yo‘l sizga, bo‘lajak shifokorlar!
Xalqlar do‘stligi san’at saroyi Toshkent davlat tibbiyot universiteti #Bitiruvchi2026#TDTU#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#XalqlarDostligiSaroyi#Graduation2026

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment