


Uchrashuv avvalida mehmonlar universitet faoliyati, ta’lim jarayoni, klinik bazalar, ilmiy salohiyat hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida rasmiy muloqot boshlandi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad tibbiy ta’lim, tibbiyot kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish, akademik almashinuvlarni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, stajirovkalar tashkil etish, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.
Yaponiya delegatsiyasi tarkibida Kitahara Group asoschisi va rahbari, taniqli neyroxirurg Sighemi Kitahara, Kitahara Group vakillari Makoto Yamadzaki va Yosikadzu Kameda, shuningdek Kiko Global Co., Ltd. rahbari Aziz Rahimov hamda kompaniya vakili Tahmina Haydarova ishtirok etmoqda.
Uchrashuv davomida tibbiyot sohasida ilg‘or yapon tajribasini o‘rganish, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish, mutaxassislar almashinuvini kengaytirish va qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz!