
Joriy yilning 24–25-iyun kunlari o‘tkazilgan “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti bitiruvchilari faol ishtirok etdi.
Ko‘rgazma davomida Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi hamda Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilari uchun 800 dan ortiq vakant ish o‘rinlari taklif etildi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, Toshkent davlat tibbiyot universitetining qariyb 270 nafar bitiruvchi talabasi ish beruvchilar bilan dastlabki mehnat shartnomalarini imzolab, kelgusida sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat boshlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mazkur ko‘rgazma bitiruvchilarni mehnat bozori bilan bog‘lash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash hamda yosh kadrlar bandligini ta’minlashda muhim va samarali platforma bo‘lib xizmat qildi.
Rasmiy sahifalarimiz!