Nodavlat ta’lim sohasida nazorat to‘liq raqamlashtirilmoqda: “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etildi!

#Qonunchilik_yangiliklari

Nodavlat ta’lim sohasida nazorat to‘liq raqamlashtirilmoqda: “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etildi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-iyundagi 22-mh-son buyrug‘i bilan sohada qonunchilikka rioya etilishini masofaviy va shaffof nazorat qiluvchi “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu hujjat Adliya vazirligida 3866-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra:
Ishlab chiqilgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — inson omilisiz, aniq mezonlar va 100 ballik shkala asosida nodavlat ta’lim tashkilotlarining qonunbuzilish xavfi darajasini o‘lchaydi.
Mazkur tahlil jarayoni tadbirkor faoliyatini to‘xtatib turish yoki unga to‘sqinlik qilishni nazarda tutmaydi.
Tahlil davomida tadbirkordan hech qanday hujjat yoki axborot talab qilinmaydi!
Barcha baholashlar faqat mavjud ma’muriy ma’lumotlar, statistika, EMIS/HEMIS tizimlari hamda fuqarolar murojaatlari va ochiq manbalar asosida masofaviy amalga oshiriladi.
Baholash natijalariga ko‘ra tashkilotlar uchta toifaga ajratiladi:
Yuqori xavf: 81 dan 100 ballgacha;
🟡O‘rta xavf: 61 dan 81 ballgacha;
🟢Past xavf: 61 balldan kam.

Tizim qanday ishlaydi?

Past xavf toifasidagi tashkilotlarda tekshiruvlar umuman o‘tkazilmaydi. Bu halol ishlayotgan muassasalarni ortiqcha bosimdan xalos etadi.
Yuqori va o‘rta xavfli muassasalarda profilaktika va tekshiruvlar amaldagi qonunchilik asosida, faqat ta’lim talablariga rioya etilishini o‘rganish maqsadida o‘tkazilishi mumkin.

Aniq xavf darajasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bu avtomatik ravishda tadbirkorga jazo yoki ta’sir chorasi qo‘llashga asos bo‘la olmaydi.Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshiriladi:
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida
mavjud boshqa hujjatlar)
;
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil
natijalari
;
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
OAVlaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan
maʼlumotlar;
nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi bo‘lgan tadbirkorlar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatni PDF shaklda yuklab olish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Leave a comment