Toshkent davlat tibbiyot universiteti dunyoning TOP-1000 universitetlari ro’yxatida

Toshkent davlat tibbiyot universiteti dunyoning nufuzli xalqaro reyting agentligi Times Higher Education (THE) tomonidan e’lon qilingan THE Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra dunyoning TOP-1000 universitetlar ro’yxatidan joy olib, 601–800 o‘rinlar oralig‘idan joy oldi.

Mazkur reyting oliy ta’lim muassasalarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs)ga qo‘shayotgan hissasini baholovchi eng nufuzli xalqaro reytinglardan biri hisoblanadi.

Universitetning ushbu natijasi ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot faoliyati, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy mas’uliyat, xalqaro hamkorlik hamda barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy samarasi sifatida e’tirof etilmoqda.
Mazkur yutuq universitetning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, zamonaviy tibbiy ta’limni yangi bosqichga olib chiqish hamda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment