









Toshkent davlat tibbiyot universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va master-klass bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 25–26-iyun kunlari Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Zamonaviy ginekologiyada jarrohlik innovatsiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va master-klass bo‘lib o‘tadi. Anjuman O‘zbekiston va xorijning yetakchi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari olimlarini bir maydonga jamlab, zamonaviy ginekologik jarrohlik yo‘nalishidagi ilg‘or ilmiy yutuqlar va innovatsion texnologiyalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Anjuman Akusherlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi kafedrasi mudiri B.B. Kurbanov hamda 2-son fakultet va gospital xirurgiya, transplantologiya kafedrasi mudiri S.I. Ismailov boshchiligida tashkil etilmoqda.
Anjumanda Janubiy Koreyaning The Catholic University of Korea universiteti professori, St. Vincent’s Hospital Ginekologik onkologiya bo‘limi rahbari, tibbiyot fanlari doktori Joo Hee Yoon ham ishtirok etadi. Professor Joo Hee Yoon ginekologik onkologiya, minimal invaziv va robotik jarrohlik yo‘nalishlarida xalqaro miqyosda tan olingan mutaxassis bo‘lib, zamonaviy jarrohlik texnologiyalariga bag‘ishlangan master-klass hamda innovatsion davolash usullari yuzasidan ma’ruza o‘tkazildi.
Anjumanda xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, respublika tibbiyot oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, doktorantlar, magistrantlar, klinik ordinatorlar va talabalar ishtirok etadi. Tadbir davomida zamonaviy jarrohlik texnologiyalari, innovatsion davolash usullari hamda xalqaro tajribalar yuzasidan ilmiy ma’ruzalar, master-klasslar va muhokamalar tashkil etildi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va master-klass Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro ilmiy hamkorligini yanada kengaytirish, ilmiy salohiyatini mustahkamlash hamda tibbiyot sohasida ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy sahifalarimiz!