









Tadbirda universitet rektori Shuxrat Boymuradov, prorektorlar hamda universitetning Matbuot va media jamoasi ishtirok etdi. Rektor o‘z tabrik so‘zida matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillarining jamiyat hayotidagi o‘rni, ta’lim va tibbiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka xolis va tezkor yetkazishdagi fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi.
Ta’kidlanganidek, universitet faoliyatini yoritish, ilmiy yutuqlar, xalqaro hamkorlik, ta’lim jarayonidagi yangiliklar hamda tibbiyot sohasidagi dolzarb mavzularni ommaga yetkazishda matbuot xizmati va ommaviy axborot vositalari vakillarining hissasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbir yakunida universitet axborot siyosatini samarali yuritish, ta’lim va tibbiyot sohasidagi yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazish yo‘lidagi samarali mehnati uchun soha xodimlari universitet rahbariyatining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Rasmiy sahifalarimiz: