
Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xalqni xolis va tezkor axborot bilan ta’minlash, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiq. Ayniqsa, ta’lim, ilm-fan va tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi xizmatlaringiz uchun sizlarga alohida minnatdorlik bildiraman.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, ijodiy ilhom va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Qalamingiz o’tkir, so’zingiz ta’sirchan, ezgu maqsadlaringiz esa doimo ro’yobga chiqsin!
Hurmat bilan,
Shuxrat Boymuradov
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori
Rasmiy sahifalarimiz: