Toshkent davlat tibbiyot universitetida Koreya Katolik universiteti vakili bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Koreya Katolik universiteti vakili bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet rahbariyati hamda Koreya Katolik universiteti Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, professor Yun Ju Xi (Yoon Joo Hee) ishtirok etdi. Tomonlar tibbiyot ta’limi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, akademik almashinuv dasturlari hamda sog‘liqni saqlash sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Muloqot davomida, xususan, akusherlik va ginekologiya yo‘nalishida tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda malaka oshirish dasturlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy tibbiyot ta’limi va ilmiy izlanishlar yo‘nalishida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan kelgusidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok

Leave a comment