30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetida iqtidorli talabalar e’tirof etildi

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetida iqtidorli, tashabbuskor hamda ilm-fan, sport, ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari yo’nalishlarida yuksak natijalarga erishgan talabalarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda universitet rahbariyati, prorektorlar, hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori Shuxrat Boymuradov ochib berib, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ularning ilmiy salohiyatini ro’yobga chiqarish, zamonaviy bilim va ko’nikmalarni egallashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so’z yuritdi.

Shuningdek, universitetning iqtidorli talabalari ta’lim, ilmiy-tadqiqot, innovatsion loyihalar, sport musobaqalari hamda xalqaro tanlovlardagi muvaffaqiyatlari bilan oliygoh nufuzini yanada yuksaltirib kelayotganini alohida ta’kidladi. Tadbir davomida o’quv, ilmiy va jamoat faoliyatida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh talabalar universitet rahbariyatining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment