Farmatsiya, menejment, tibbiy biologik ish, biotibbiyot muhandisligi va oliy hamshiralik ishi fakulteti professor-o‘qituvchilari attestatsiyadan o‘tkazildi

2026-yil 26-iyun kuni Farmatsiya, menejment, tibbiy biologik ish, biotibbiyot muhandisligi va oliy hamshiralik ishi fakulteti tarkibidagi 9 ta kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-son qarori talablari asosida attestatsiyadan o‘tkazildi.

Attestatsiya davomida professor-o‘qituvchilarning 2025–2026-o‘quv yili mobaynida amalga oshirgan o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, oliy ta’lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, kasbiy natijalari, tashabbuskorligi, mas’uliyati va shaxsiy fazilatlari har tomonlama tahlil qilinib, belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Attestatsiya komissiyasiga fakultet dekani Q.E. Shomurodov raislik qildi. Komissiya tarkibidan universitetning tegishli bo‘lim rahbarlari, dekan o‘rinbosarlari hamda kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilari o‘rin oldi.

Mazkur attestatsiya professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini xolis baholash, ta’lim sifati va ilmiy-uslubiy faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, fakultet hamda universitet rivojiga qo‘shilayotgan hissani yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.

Rasmiy sahifalarimiz

:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment