#YOSHLAR_ E’TIROFI _ KELAJAKKA_BERILGAN_ YUKSAK_ BAHO

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetining iqtidorli magistrantlari yana bir yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar.
«Kardiologiya» yo‘nalishi magistranti Quanishbek Yerejepbayev hamda «Patologik anatomiya» yo‘nalishi magistranti Qadriddin Sayfiddin Hoji Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov tomonidan poytaxt hayotida yil davomida ko‘rsatgan faolligi, tashabbuskorligi va jamoatchilik ishlaridagi munosib ishtiroki uchun maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bu e’tirof nafaqat ikki nafar yoshning muvaffaqiyati, balki Toshkent davlat tibbiyot universitetida amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati, iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy hamda ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish borasidagi tizimli ishlarning yana bir yorqin natijasidir.
Universitet jamoasi aziz magistrantlarimizni samimiy muborakbod etadi va ularga ilm-fan yo‘lida yangi yutuqlar, yuksak marralar hamda Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidokorona faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning bilimli, tashabbuskor va ishonchli bunyodkorlaridir!
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment