
Davlat auditi yo‘nalishida o‘qishni xohlaysizmi Sizni qanday imkoniyatlar kutmoqda
Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Davlat auditi oliy maktabi;
Buxoro davlat universiteti da amalga oshirilmoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi Davlat auditi oliy maktabining imkoniyatlari
Prezidentning PF–252-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 248-son qarori asosida tashkil etilgan mutlaqo yangi ta’lim maskani.
Ta’lim dasturlari xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dunyoning top–300 taligiga kiruvchi nufuzli universitetlar tajribasi integratsiya qilingan.
Xalqaro hamkorlik
Oliy maktab Xitoyning nufuzli Nanjing Audit University bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Bu esa talabalarga: professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarida qatnashish;
xorijda ta’lim olish;
4-kursni Nankinda davom ettirish;
qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
xalqaro tajriba va diplom olish imkonini yaratadi.
Professional sertifikatlar
O‘quv jarayonida ACCA xalqaro dasturi fanlari o‘qitiladi.
F1–F9 imtihonlarini topshirish xarajatlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qoplanadi.
GPA ko‘rsatkichi 4,0 va undan yuqori bo‘lgan bitiruvchilarga Ichki audit milliy malaka sertifikati imtihonsiz beriladi.
Zamonaviy ta’lim
Talabalar: sun’iy intellekt (AI);
Big Data (katta ma’lumotlar tahlili);
raqamli audit;
axborot texnologiyalari auditi;
masofaviy audit platformalari bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.
Bandlik kafolati
Yuqori natija ko‘rsatgan bitiruvchilar: Hisob palatasi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga ishga tavsiya etiladi hamda Respublika milliy zaxira kadrlari reyestriga kiritiladi.
Shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalar Deloitte, EY, PwC va KPMG kabi dunyoning yetakchi auditorlik kompaniyalarida faoliyat yuritish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Bakalavriat qabuli (2026/2027-o‘quv yili)
Kvota — 200 nafar.
Nomzodlardan: ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat;
matematika bo‘yicha yuqori natija;
kuchli mantiqiy va analitik fikrlash qobiliyati talab etiladi.
Davlat auditi — davlat moliyasining shaffofligini ta’minlaydigan, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlarga tayangan istiqbolli kasblardan biridir.
Bizni kuzating