Toshkent davlat tibbiyot unversiteti talabalari bilan Olmazor tumani IIO FMB 5-son IIB boshlig‘i, podpolkovnik O.Z.Ergashev ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.

O.Z. Ergashev so‘zga chiqib, Giyohvandlik faqat sog‘liqni emas, balki ijtimoiy hayotni ham vayron qiladi. Jinoyatlarning 40 foizdan ortig‘i giyohvand moddalar bilan bog‘liq ekani qayd etib o’tdi. Prezidentining «Aholi salomatligi va millat genofondini narkojinoyatlardan himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–207-son Farmonining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, «Xavfsiz va sog’lom yurt» tadbiri doirasid Giyohvandlik — XXI asrning eng xavfli va halokatli muammolaridan biri bo‘lib, u millionlab insonlarning hayotini barbod qilishi mumkin. Giyohvandlik inson sog‘lig‘ini juda tez yemiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, OIV va gepatit kabi xavfli kasalliklarning tarqalishida ham giyohvandlik asosiy omillardan bir ekanligi takidlab o’tildi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment