
#Ovozli_chat#Onlayn_seminar
Amaliy seminar boshlandi
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Ijtimoiy-gumanitar ixtisosliklarda dolzarb mavzularni tanlash va ularni shakllantirish masalalari” mavzusida tashkil etilishi e’lon qilingan ovozli chat formatidagi ochiq muloqot boshlandi.
Mazkur amaliy onlayn-seminar doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh olimlar, ilmiy rahbarlar, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar a’zolari uchun dolzarb ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, professor Jamila Jumabayeva olib borayotgan amaliy seminarda ijtimoiy-gumanitar sohalarda dissertatsiya mavzularini tanlash mezonlari, ilmiy muammoni to‘g‘ri shakllantirish, tadqiqotning dolzarbligi va ilmiy yangiligini asoslash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Ma’ruzadan so‘ng mutaxassis tomonidan mavzu doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar beriladi.
Barcha qiziquvchilarni amaliy onlayn seminarda mazkur havola orqali @attestatsiya faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Bizni kuzating