
Mazkur imtihon abituriyentlarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari hamda ushbu yo‘nalishda tahsil olish uchun zarur bo‘lgan bilim va qobiliyatlarini aniqlash maqsadida belgilangan tartib asosida tashkil etildi.
Imtihon jarayonida malakali mutaxassislardan iborat imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan abituriyentlarning bilim va ko‘nikmalari tasdiqlangan baholash mezonlari asosida xolis, adolatli va shaffof tarzda baholandi.
Imtihonlarning ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilishi, barcha ishtirokchilar uchun teng sharoitlarning yaratilgani hamda baholash jarayonining belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida olib borilgani alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Mazkur kasbiy (ijodiy) imtihonlar kelgusida maxsus pedagogika sohasida, xususan, surdotarjimonlik yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.
Rasmiy sahifalarimiz!