Davlat oliygohlarining 11 ta yangi ta’lim yo‘nalishi roʻyxati va ularga mos test sinovi fanlari majmuasi tasdiqlandi

#Qabul2026

Davlat oliygohlarining 11 ta yangi ta’lim yo‘nalishi roʻyxati va ularga mos test sinovi fanlari majmuasitasdiqlandi

 
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlarida yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari roʻyxati hamda ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) fanlari majmuasi tasdiqlandi.
 
Ta’lim yo‘nalishlari: Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili;
Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili;
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili;
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili;
Davlat auditi;
Islomiy moliya;
Islom iqtisodiyoti va moliyasi;
Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik;
Raqamli huquq;
Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik;
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish.
 
Mazkur ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qaysi davlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul amalga oshirilishi, ularga ajratilgan qabul kvotalari orqali bilib olishingiz mumkin.
Qabul kvotalari:https://t.me/eduuz/49441Eslatib o‘tamiz, test sinovlari yakunlangach, abituriyentlar o‘zlari topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishlarini tanlaydilar.На руcскомIn English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram |YouTube|Telegram

Leave a comment