Eldor Shomurodov urgan gol Jahon chempionatining eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin!

Eldor Shomurodov urgan gol Jahon chempionatining eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin!
FIFA rasmiy saytida nufuzli turnirning “Eng yaxshi goli” (Goal of the Tournament) nominatsiyasi uchun ovoz berish jarayoniga start berildi.
Mundialda Kilian Mbappe, Erling Xoland, Lionel Messi, Jyud Bellingem va Vinisius Junior kabi jahon futboli yulduzlari tomonidan kiritilgan 12 ta eng chiroyli gol ovozga qo‘yilgan. Quvonarlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy jamoasi sardori, Termiz davlat universiteti talabasi Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga yo‘llagan ajoyib “parashyut” zarbasi ham joy olgan. Hamyurtimizga ovoz berish orqali uning goli futbol tarixida qolishiga sababchi bo‘lishimiz mumkin!
Ovoz berish jarayoni 27-iyulgacha davom etadi.
Ovoz berish tartibi:1-qadam: FIFA rasmiy sahifasiga o‘ting: https://play.fifa.com/gott/en/2-qadam: Nomzodlar orasidan Eldor Shomurodovning golini tanlang va “VOTE” tugmasini bosing;
3-qadam: Ovozni muvaffaqiyatli yakunlash uchun “CREATE A FIFA ID ACCOUNT” tugmasi orqali tezkor ro‘yxatdan o‘ting yoki mavjud akkauntingizga kiring.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram |YouTube|Telegram

Leave a comment