MUHIM YANGILIK

Tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishidagi startap tashabbuskorlari uchun ajoyib imkoniyat!
Sog‘liqni saqlash vazirligi, “UzVC” Milliy venchur fondi, “Mikrokreditbank” ATB va “Asakabank” AJ hamkorligida tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi innovatsion g‘oyalar mualliflari uchun maxsus Workshop tashkil etiladi.
Sana: 24-iyul, 2026-yil
⏱ Vaqti: 10:00
Manzil: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Bosh o’quv binosi Rektorat majlislar zali
Workshop davomida ishtirokchilar:
• Startap loyihasini professional taqdim etishni;
• Venchur investitsiyalarni jalb qilish yo‘llarini;
• Startapni ishga tushirish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘rganadilar.
Agar siz tibbiyot yoki farmatsevtika sohasida innovatsion g‘oya yoki startap ustida ishlayotgan bo‘lsangiz, bu tajriba orttirish, investorlar bilan tanishish va loyihangizni keyingi bosqichga olib chiqish uchun muhim imkoniyatdir.
Barcha ishtirokchilar sertifikat bilan tadqirlanadi. Innovatsiyalar orqali sog‘liqni saqlash tizimini birgalikda rivojlantiraylik!
#Startup#MedTech#HealthTech#UzVC#TTDU#Innovation#VentureCapital#Tibbiyot#FarmatsevtikaIqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi

Leave a comment