
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tizim xodimlari o‘rtasida “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazishga doir chora-tadbirlar belgilandi.
Tanlov tashkilotchisi — Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Texnik va tashkiliy operator — OVI (“OVI Unicorn” MCHJ) platformasi.
Tanlov respublika va hududiy darajadagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Respublika darajasida:
“Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”;
🟢“Eng yaxshi hududiy sog‘liqni saqlash organi rahbari”;
“Eng yaxshi respublika yosh shifokori” (31 yoshgacha) nominatsiyalari.
Har bir hududda:
“Eng yaxshi tuman (shahar) sog‘liqni saqlash organi rahbari”,
🟢“Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari”,
“Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori”,
🟡“Eng yaxshi tuman (shahar) o‘rta tibbiyot xodimi”,
“Eng yaxshi oilaviy poliklinika”,
🟢“Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi”,
“Eng yaxshi hududiy shifoxona” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
Homiylik mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha nominatsiyalar ham belgilanishi mumkin.
Gʻoliblar uch komponentli metodika asosida aniqlanadi:
jamoatchilik fikri — 60%;
profil tibbiy assotsiatsiyalar bahosi — 30%;
Sog‘liqni saqlash vazirligi bahosi — 10%. Baholar OVI platformasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar tomonidan tibbiy yordamga murojaat qilgandan so‘ng, telefon raqamini majburiy tasdiqlagan holda, 1 dan 5 gacha shkala bo‘yicha qo‘yiladi.
Xolislikni ta’minlash uchun avtomatlashtirilgan hisob-kitob, raqamli qayd etish va soxta ovoz yig‘ishning oldini oluvchi antifrod mexanizmlari qo‘llaniladi.
Tanlov har yili o‘tkaziladi. Platformada ovoz berish 31-oktabrda yakunlanadi. Natijalar 1-noyabr holatiga ko‘ra sarhisob qilinadi.
OVI platformasi operator sifatida tanlovning texnik amalga oshirilishini ta’minlaydi va g‘oliblarni belgilash yoki yakuniy natijalarga ta’sir ko‘rsatish vakolatiga ega emas.
Gʻoliblar Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik rag‘batlantiriladi:
tibbiyot muassasalariga — 500 million so‘m;
tibbiyot xodimlariga — 30 million so‘m.Gʻoliblar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi hamda OVI platformasida aks ettiriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun OVI platformasida roʻyxatdan o‘ting!
Batafsil ma’lumot:
https://tanlov.ovi.uz. +998781508856.SSV Matbuot xizmati. Web-siteTelegramFbInstagram