Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 69 yoshni qarshilamoqdalar.
So‘nggi yillarda Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, tibbiy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, zamonaviy tibbiyot infratuzilmasini yaratish hamda malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu yuksak e’tibor tibbiyot sohasi rivoji va xalq salomatligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi muhtaram Prezidentimizni tavallud ayyomlari bilan samimiy muborakbod etadi.
Muhtaram Prezidentimizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, ilm-fan va tibbiyot ravnaqi yo‘lidagi sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, muhtaram Prezidentimiz!Hurmat bilan,Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi#Mirziyoyev#PresidentUZ#NewUzbekistan
Rasmiy sahifalarimiz: