O‘zbekiston tarixida ilk bor Salomatlik volontyorlari qurultoyi o’tkazilmoqda

Ayni damda Toshkent shahridagi EMU Universityda Xalqaro o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish kuni (International Self-Care Day) munosabati bilan O‘zbekiston tarixida ilk bor Salomatlik volontyorlari qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Adxam Xudayqulov, O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi rahbari Shirin Abidova, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektoriShuxrat Boymuradov, EMU University rahbariyati, shuningdek, salomatlik volontyorlari, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Qurultoy “Salomatlik marafoni” umummilliy harakati doirasida tashkil etilib, mamlakatda salomatlik volontyorlari harakatini rivojlantirish, aholining tibbiy savodxonligini oshirish, profilaktik tibbiy madaniyatni mustahkamlash hamda birlamchi tibbiy xizmat tizimini qo‘llab-quvvatlovchi yagona salomatlik volontyorlari tizimini shakllantirishga qaratilgan.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment