
Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri ishtirokida universitet olimlari, professor-o‘qituvchilari va tibbiyot sohasi mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tibbiyot ilm-fanini amaliyot bilan yanada uyg‘unlashtirish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash hamda murakkab kasalliklarni samarali davolash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, PhD va DSc ilmiy darajalarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy tibbiy ta’limda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, profilaktik tibbiyot yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot davomida professor-o‘qituvchilar va olimlar tomonidan tibbiyot sohasini rivojlantirishga oid qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, sog‘liqni saqlash tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish hamda tibbiyot sohasida yangi istiqbolli yo‘nalishlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Rasmiy sahifalarimiz!