Toshkentda salomatlik volontyorlari harakati rivojiga xizmat qiluvchi memorandumlar imzolandi

Bugun Toshkent shahridagi EMU University da Xalqaro o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston tarixidagi ilk Salomatlik volontyorlari qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Qurultoy doirasida O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti, O‘zbekiston Sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi hamda EMU University o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Mazkur memorandumlar salomatlik volontyorlarini tayyorlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, profilaktik tadbirlarni kengaytirish hamda davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qurultoy doirasida “Salomatlik uchun” interaktiv ta’lim maydonchasi va “Hayot ulash” donorlik aksiyasi ham tashkil etildi. Ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzi, birinchi tibbiy yordam va donorlik yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lish bilan birga, ixtiyoriy qon topshirish orqali inson hayotini saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment