
Yozgi ta’tilingiz maroqli o’tmoqdami? Keling, uni birgalikda yanada mazmunli va qiziqarli o’tkazamiz!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yoshlar ittifoqi ning “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash” yo’nalishi koordinatori “Dolzarb 90 kun” ijtimoiy loyihasi doirasida “Iqtidorli yoshlar” chellenji ga start beradi!
Chellenjda qanday ishtirok etish mumkin?
Juda oson!
O’zingizning ijodingizni aks ettiruvchi:
qo’shiq kuylayotganingiz;
cholg’u asbobi chalayotganingiz;
rasm chizayotganingiz;
she’riy yoki nasriy ijodingiz;
yoki boshqa iste’dodingiz namoyon bo’lgan video yoki rasmingizni
@ozod4ik_w Telegram profiliga yuboring.
G’oliblarni esa birgalikda aniqlaymiz!Muhim shart!
Yuborilayotgan video yoki rasmda “Iqtidorli yoshlar chellenji” jumlasi albatta:
og’zaki aytilgan yoki
yozma ko’rinishda aks etgan bo’lishi shart!
Va albatta iqtidorli yoshlar koordinatori rasmiy kanaliga a’zo bo’lishingiz kerak
https://t.me/TDTUiqtidorliyoshlarSovrinlar esa ajoyib!1-o’rin — Mutolaa platformasiga 6 oylik Premium obuna.
2-o’rin — Mutolaa platformasiga 3 oylik Premium obuna.
3-o’rin — Mutolaa platformasiga 1 oylik Premium obuna.
Bundan tashqari, universitet Yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan esdalik sovg’alari ham topshiriladi!
Eng muhimi, sizda “TSMU Stars” jamoasi a’zosiga aylanish imkoniyati mavjud!
Shoshiling! Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi.
Iste’dodingizni namoyish eting, o’zingizni sinab ko’ring va qimmatli sovg’alarga ega bo’ling!
Batafsil ma’lumot:
Tel: +998 77 007 72 03
Telegram: @ozod4ik_whttps://t.me/TDTUiqtidorliyoshlar
Rasmiy sahifalarimiz!