Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.

#diqqat_tanlovTurizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlovning asosiy maqsadi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida targ‘ib qilish, hududlardagi ijodkorlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda turistlar uchun ixcham, sifatli va hamyonbop esdalik sovg‘alari namunalarini yaratishdan iborat.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan dizaynerlar, rassomlar, ijodkor yoshlar hamda “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandlar belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

G‘olib deb topilgan har bir ishtirokchi 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: Dizaynerlar uchun: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8Hunarmandlar uchun:https://forms.gle/MQ6XX6og9jjJVNKp7
Arizalar birinchi bosqich uchun 16-avgustga qadar, ikkinchi bosqich uchun esa 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.

“Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha NIZOM
 Hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha ko‘rik-tanlov 
talablari
 Yo‘nalishlar bo‘yicha talablar 
jadvali


Batafsil
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Leave a comment