
Shoshilinch tibbiy yordam — tibbiyotning eng mas’uliyatli va dinamik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, tezkor klinik qaror qabul qilish hamda turli xil shoshilinch holatlarda samarali tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Shoshilinch tibbiy yordam magistraturasi sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
Amaliyotga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim.
Bitiruvdan so‘ng shoshilinch tibbiy yordam tizimida faoliyat yuritish imkoniyati.
Malakali professor-o‘qituvchilar va tajribali mutaxassislar rahbarligida tahsil olish.
Kasbiy rivojlanish va kelgusida rahbarlik faoliyati uchun zarur bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantirish.
Zamonaviy klinik bazalarda amaliy tajriba orttirish.
Quyidagi video va taqdimot orqali magistratura yo‘nalishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ling.
Shoshilinch tibbiy yordamni tanlang — kelajak kasbingizni bugundan mustahkam poydevor ustiga quring!
Rasmiy sahifalarimiz!