XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Hurmatli xorijiy abituriyentlar!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘zbek va rus tillarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish istagini bildirayotgan ko‘plab xorijiy fuqarolarning murojaatlarini inobatga olinib, hujjatlarni qabul qilish muddati 2026-yil 30-avgustga qadar uzaytirildi.

Hujjatlar avval e’lon qilingan tartib va talablar asosida qabul qilinadi (https://tashmeduni.uz/2026/06/22/xorijiy-abituriyentlar-uchun-elon/).

Hujjatlarni yuborish uchun elektron pochta manzili:

enter.tsmu@gmail.com

O‘qishga qabul qilish suhbatlari Zoom platformasi orqali onlayn shaklda (video yozuv ostida) o‘tkaziladi.

Hurmatli talabgorlar, hujjatlarni belgilangan muddat yakuniga qadar to‘liq shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz.

Barcha rasmiy ma’lumotlar faqat Toshkent davlat tibbiyot universitetining rasmiy axborot resurslari orqali e’lon qilinadi.

Leave a comment