SSV: Joylarda tibbiyot sohasidagi islohotlar natijadorligi tanqidiy tahlil qilinmoqda

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov boshchiligida joylarda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Unda vazirlik mas’ullari, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari va Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari hamda tizim tashkilotlari vakillari ishtirok etyapti.

Tadbir davomida birlamchi tibbiyot tizimi samaradorligini oshirish, tajriba-sinov hududlarida kadrlar ta’minoti, bemorlar marshrutizatsiyasi, tibbiyot muassasalarida dori vositalari zaxirasi, yuqori texnologiyali diagnostika vositalaridan samarali foydalanish, onalik va bolalik muhofazasi, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish kabi qator masalalar tahlil qilinmoqda.
SSV Matbuot xizmati. Web-siteTelegramFbInstagram

Leave a comment