
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga BMT Ko‘ngillilar dasturi (UN Volunteers – UNV) delegatsiyasi hamda Yoshlar ishlari agentligi rahbarining yordamchisi, O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi asoschisi Shirin Rahimjonovna Abidova tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibidan UN Volunteers dasturining Tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘limi rahbari Suxrob Xoshmuhamedov hamda Hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis Nurai Mamytova o‘rin oldi.
Tashrif davomida universitetda volontyorlik harakatini rivojlantirish, talaba-yoshlarning ijtimoiy loyihalardagi ishtirokini kengaytirish, xalqaro volontyorlik dasturlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar yoshlarning liderlik salohiyatini rivojlantirish, xalqaro tajribani ommalashtirish va kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur tashrif Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, volontyorlik madaniyatini rivojlantirish hamda talaba-yoshlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratish yo‘lidagi muhim uchrashuvlardan biri bo‘ldi.
Rasmiy sahifalarimiz!