
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Germaniya Federativ Respublikasining Hochschule Kempten (Kempten amaliy fanlar oliy maktabi) vakili, Xalqaro aloqalar koordinatori Susanne Wilke bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tomonlar hamshiralik ta’limi va sog‘liqni saqlash menejmenti yo‘nalishlarida akademik hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro aloqalarini mustahkamlash hamda ta’lim va ilmiy faoliyatni zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Rasmiy sahifalarimiz!