
Toshkent davlat tibbiyot universitetiPsixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi, tibbiy psixologiya kafedrasi 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinaturaga hujjatlar qabuli boshlanganini ma’lum qiladi hamda Sizni quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olishga taklif etadi.
Tibbiy psixologiya — 5 ta kvota
Narkologiya — 5 ta kvota
Mazkur mutaxassisliklar bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida dolzarb va malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardan hisoblanadi. Klinik ordinatura dasturi tinglovchilarga zamonaviy nazariy bilimlarni chuqur egallash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish imkonini yaratadi.
Hujjatlar qabuli 2026-yil 20-avgust kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi.Toshkent davlat tibbiyot universiteti Psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi, tibbiy psixologiya kafedrasi Sizni Tibbiy psixologiya va Narkologiya yo‘nalishlari bo‘yicha klinik ordinaturada tahsil olishga chorlaydi.
Kelajak kasbingiz sari ishonchli qadamni Toshkent davlat tibbiyot universiteti bilan qo‘ying!
Rasmiy sahifalarimiz!