Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichiga suhbat asosida qabul qilish jarayonlari

davom etmoqda.

Suhbat davomida bitiruvchilarning tanlagan ta’lim yo‘nalishiga bo‘lgan motivatsiyasi, kasbiy bilim va ko‘nikmalari, shaxsiy-kasbiy fazilatlari hamda soha bo‘yicha bilimlari baholanmoqda.

Jarayonlar belgilangan mezonlar asosida ochiq, shaffof va adolatli tarzda tashkil etilmoqda. Talabgorlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, oliy ta’limda tahsilni davom ettirish imkoniyati uchun suhbatdan o‘tmoqdalar.
Mazkur jarayon texnikum bitiruvchilarining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha oliy ta’limni davom ettirishi va tibbiyot sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment