Kembrij Universiteti Tibbiy ta’lim guruhi (Buyuk Britaniya) delegatsiyasi Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi

Tashrifning asosiy maqsadi – milliy tibbiy ta’limni rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish va ikki tomonlama akademik hamkorlikni yanada kengaytirishdir.

Tashrif davomida delegatsiya Toshkent davlat tibbiyot universitetining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, mehmonlarga universitetda tibbiy ta’lim, klinik tayyorgarlik, ilmiy-tadqiqot ishlari va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish sohalarida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvlar doirasida tibbiy ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, klinik ta’limni takomillashtirish, zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish va tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment