Ilm-fan, biotexnologiya, kimyo, tibbiyot va raqamli texnologiyalar sohasida g’oyangiz bormi? Uni real mahsulotga aylantirish vaqti keldi!
INNOLAB nima? Ilmiy va innovatsion g’oyalarni prototip, tajriba namunasi va bozorga tayyor mahsulot (MVP) darajasiga olib chiquvchi 2 oylik intensiv akseleratsiya dasturi.
Kimlar uchun: Talabalar, yosh tadqiqotchilar, ixtirochilar, muhandislar va startap jamoalari — yakka tartibda yoki jamoa bo’lib ishtirok etish mumkin.
Yo’nalishlar: Biotexnologiya • Oziq-ovqat texnologiyalari • Kimyo • Tibbiyot • Ilm-fandagi raqamli texnologiyalar • Qishloq xo’jaligi • Biomuhandislik
Dastur nima beradi: Mentorlik va trening
Laboratoriya va texnik infratuzilma
Ekspertiza va networking
Investorlar bilan uchrashuv imkoniyati
3 bosqich, 2 oy:1⃣ Tahlil va g’oya
2⃣ Ishlab chiqarish va MVP
3⃣ Tijoratlashuv va Demo Day
Dastur yakunida — sertifikat, tavsiyanoma, va eng yaxshi loyihalar uchun grant/investitsiya dasturlariga yo’naltirish imkoniyati.
Ariza topshirish: innolab.yito.uz
“Yoshlar akademiyasi – ilm-fan rivojiga oʻz hissangni qoʻsh”