Toshkent davlat tibbiyot universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi tomonidan universitetning videolari, Reels va rasmiy uchrashuvlari uchun yagona mualliflik huquqi asosida maxsus musiqiy asarlar yaratish yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda universitetning ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadigan videolarda universitetga xos, mualliflik huquqi asosida yaratilgan cinematic, epic va diplomatic musiqiy kompozitsiyalardan foydalaniladi.
Mazkur tashabbus universitetning media kontentini yagona uslubda shakllantirish, videolarga o‘ziga xos ruh va professional ovozli identifikatsiya berishga xizmat qiladi.
Eng muhimi, ushbu loyiha O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari orasida o‘ziga xos yangilik bo‘lib, universitetning o‘z media musiqiy fondini yaratish yo‘lidagi ilk qadamlardan biridir.Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok