Zamonaviy tibbiyot sari: Toshkentdan Termizgacha tajriba va hamkorlik!

Zamonaviy tibbiyot sari: Toshkentdan Termizgacha tajriba va hamkorlik!
Ayni paytda, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Boymuradov Shuhrat Abdujalilovich Termiz shahridagi Tibbiyot klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Tashrif davomida tibbiy ta’limni zamonaviy talablar asosida tashkil etish, talabalarni amaliy ko‘nikmalarga o‘qitish tizimi, klinik ta’lim jarayonlari hamda bo‘lajak shifokorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha o‘rganilmoqda.
Shuningdek, tibbiyot klasterining bemorlarga ko‘rsatayotgan tibbiy xizmatlari, zamonaviy diagnostika va davolash imkoniyatlari, bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar, tibbiy yordam sifatini oshirishga qaratilgan ishlar bilan tanishilmoqda.
Bunday hamkorlik va tajriba almashinuvi tibbiy ta’lim va amaliyot uyg‘unligini yanada mustahkamlash, talabalarni zamonaviy klinik muhitda tayyorlash hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt

Leave a comment