
Markaz xodimlari sizlarga TTJ va ijara xonadonlari bo‘yicha savollaringizga javob berish, kerakli ma’lumotlarni taqdim etish hamda ijara xonadonlariga joylashish masalalarida ko‘maklashish uchun xizmat qiladi.
Telefon: 71 214 84 18
Qo‘ng‘iroqlarga javob berish vaqti: 08:00–17:30
Telegram bot:@ttj_ttj_botSizga yordam berishga tayyormiz! KO‘P BERILADIGAN SAVOLLAR
TTJga arizalarni qabul qilish qachondan boshlanadi?
Talabalar turar joylariga (TTJ) arizalarni qabul qilish jarayonlari shu hafta boshlanadi.
Arizamning holatini qayerdan ko‘rishim mumkin?
Ariza topshirgan talabalar MyGov platformasining “Arizalar” bo‘limida ariza holatini “Qabul qilingan” deb ko‘rishlari mumkin.
Arizam rad etiladimi?
Arizalar rad etilmaydi. Arizalar navbat asosida qabul qilinadi. Navbati yetmagan arizalar o‘quv yili davomida jarayonda saqlanadi va navbati kelganida ariza asosida TTJdan joy ajratiladi.