
Toshkent davlat tibbiyot universitetining barcha bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘qishga tavsiya etilgan mahalliy abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish 24-avgust kunidan boshlanadi. Manzil: Toshkent davlat tibbiyot universitetining 10-o‘quv binosi (oldingi Olmazor tibbiyot kolleji binosi)
Kerakli hujjatlar:
Pasport/ID-karta — asl nusxasi ko‘rsatilgan holda 2 nusxa
Abituriyent javoblar varaqasi — 2 nusxa
Abituriyent qaydnomasi (5 ta ta’lim muassasasi tanlangan) — 2 nusxa
Attestat yoki diplom va uning ilovasi — 2 nusxa
Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel) — 1 dona
Delfin fayl (pustishka) — 2 dona
Imtiyozga oid hujjatlar (mavjud bo‘lsa) — 1 nusxa
Sertifikatlar (mavjud bo‘lsa) — 1 nusxa
3×4 hajmdagi fotosurat — 8 dona
Hujjatlarni qabul qilish vaqti: Dushanba – Shanba: 08:00 – 17:00
Yakshanba: dam olish kuni
CALL-Markaz:
+998 95 475 45 01
+998 95 475 45 02
+998 95 475 45 03
+998 95 475 45 04
+998 95 475 45 06
Abituriyentlardan hujjatlarni belgilangan muddatlarda to‘liq tayyorlab kelishlari so‘raladi.
Rasmiy sahifalarimiz!