Toshkent davlat tibbiyot universiteti Kuzatuv kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

#Tibbiy_talimToshkent davlat tibbiyot universiteti Kuzatuv kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni daqiqalarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov, universitet rahbariyati, kengash a’zolari hamda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari ishtirok etyapti.
Tadbirda 2025/2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yangi o‘quv yili uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda universitet tizimida 3 ta klinika, 13 ta fakultet, 3 ta kampus, 2 ta filial hamda qator klinik baza va kafedralar faoliyat yuritmoqda. Oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan 30 ming nafardan ortiq talabalar ning 3500 nafari xorijlik yoshlardir.
Muloqot davomida ta’lim dasturlarini xalqaro talablar asosida takomillashtirish, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, universitetning akademik salohiyatini yanada oshirish, o‘quv binolari va auditoriyalarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash, talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zaro muhokamalarda ta’lim sifati va klinik tayyorgarlikni yanada kuchaytirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda universitetning xalqaro raqobatdoshligini mustahkamlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.SSV Matbuot xizmati. Web-siteTelegramFbInstagram

Leave a comment