E’lon! Koreya an’anaviy tibbiyoti bo’yicha elektiv kurs

Toshkent davlat tibbiyot universitetidaKoreyaning Daegu Haany University bilan hamkorlikda 2026-yil kuzgi semestrida Koreya an’anaviy tibbiyoti (Korean Traditional Medicine) bo‘yicha maxsus elektiv kurs tashkil etilmoqda.
 

Kurs doirasida Koreyalik professorlar tomonidan:
– Koreya an’anaviy tibbiyoti asoslari;
– Akupunktura va akupunktura nuqtalari;
– Meridianlar va ularning xususiyatlari;
– Akupunktura nuqtalarini aniqlash usullari;
– Herbal medicine – o‘simlik asosidagi an’anaviy tibbiyot bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Kurs 4 soatlik oflayn auditoriya mashg‘ulotlari hamda 12 soatlik onlayn ma’ruzalardan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan.

Mazkur o‘quv kursida quyidagilar qatnashishlari mumkin:3-kurs va undan yuqori bosqich talabalari;
Ingliz tilini mukammal biladigan talabalar.

Kursda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar quyidagi hujjatlarni 2026-yil 10-sentabrgacha Universitet Xalqaro hamkorlik bo’limi mutaxassisi Muzaffarova Fotimaga (@fotimashuxratovna) yuborishlari kerak:
1. CV (Curriculum Vitae)2. Motivation Letter
Nomzodlar yuborilgan hujjatlar asosida saralab olinadi.
 
Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Daegu Haany University tomonidan sertifikat taqdim etiladi.
 

Shoshiling! Bu — Koreya universiteti professorlari bilan bevosita akademik tajriba almashish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va xalqaro ta’lim muhitida ishtirok etish uchun ajoyib imkoniyat!

Joylar soni cheklangan!

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment