
Talabgorlarga imtihonga kirish ruxsatnomasi shakllanganligi to‘g‘risida SMS-xabarnoma yuborildi.
Joriy yilning 25–27-avgust kunlari yurtimiz ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, oliy tibbiy ta’lim o‘quv yurtlari va klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan xususiy klinikalar uchun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Imtihonlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun:
Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi binosi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi, 104-uy.
Andijon va Namangan viloyatlari uchun:
Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy binosi.
Andijon shahri, Yu.Otabekov ko‘chasi, 1-uy.
Farg‘ona viloyati uchun:
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti asosiy binosi.
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Ozodlik ko‘chasi, 1-uy.
Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun:
Buxoro davlat tibbiyot instituti binosi.
Buxoro shahri, Gʻijduvon ko‘chasi, 23-uy.
Xorazm viloyati uchun:
Urganch davlat tibbiyot instituti asosiy binosi.
Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 28-uy.
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari uchun:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti bosh binosi.
Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.
Surxondaryo viloyati uchun:
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filiali bosh binosi.
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 64-uy.
Toshkent shahri hamda Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun:
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi binosi.
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy ko‘chasi, 197-uy. DIQQAT! Test sinovlari soat 8:00 da boshlanib, talabgorlardan medtoifa.ssv.uz portalidagi shaxsiy kabinetidan yuklab olingan ruxsatnoma va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli bilan imtihon manzillariga imtihon boshlanishidan kamida 30 daqiqa (yarim soat) oldin yetib kelishlari so‘raladi.
Imtihonga kirish ruxsatnomasini Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi medtoifa.ssv.uz saytidagi kabinetingizdan olishingiz mumkin.
Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.SSV Matbuot xizmati. Web-siteTelegramFbInstagram