Toshkent davlat tibbiyot universitetida abituriyentlardan hujjatlar qabuli boshlandi

Bugundan, 24-avgustdan boshlab Toshkent davlat tibbiyot universitetida kirish imtihonlarida yuqori natija qayd etib, o‘qishga muvaffaqiyatli tavsiya etilgan abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayonlari boshlandi.
Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar belgilangan tartibda hujjatlarini topshirishlari mumkin.
Hujjatlar qabul qilinadigan manzil:
Toshkent davlat tibbiyot universitetining 10-o‘quv binosi(sobiq Olmazor tibbiyot kolleji binosi)Qabul vaqti:
Dushanba – Shanba: 08:00–17:00
Yakshanba — dam olish kuni.
Abituriyentlardan hujjatlarni belgilangan tartibda to‘liq tayyorlab, o‘z vaqtida taqdim etishlari so‘raladi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi barcha talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi!Rasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment