
Toshkent davlat tibbiyot universitetida Janubiy Koreyaning Seul milliy universiteti Bundang gospitali — SNUBH delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — qo‘shma stajirovkalarni tashkil etish, biotibbiyot muhandislarini tayyorlash hamda Koreyaning zamonaviy tibbiy uskunalariga mos ravishda o‘quv dasturlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Delegatsiya tarkibida SNUBH tashqi aloqalar departamenti direktori Yun Xvan Jo, professorlar Sergey Kim, Chjihyŏn Li va Yŏnhun Chhve, bosh operatsion direktor Tsaob Pak, bosh hamshira Chhonhi Li, shuningdek, tashqi aloqalar departamenti vakillari Sam S.V. Kim va Yuliya Pak ishtirok etdi.
Tashrif davomida Janubiy Koreyaning tibbiy markazlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallovchi Seul milliy universiteti Bundang gospitali ning ilg‘or tajribasi, raqamli tibbiyot va zamonaviy biotibbiyot texnologiyalarini rivojlantirish borasidagi faoliyati yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, delegatsiya Toshkent davlat tibbiyot universitetining akademik va klinik bazasi bilan tanishish, shifokorlar uchun stajirovkalarni birgalikda rejalashtirish, hamshiralik tizimini xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish hamda yuqori texnologiyali Koreya tibbiy uskunalariga xizmat ko‘rsatadigan mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Mazkur uchrashuv tibbiy ta’lim, klinik amaliyot, biotibbiyot muhandisligi va mutaxassislar malakasini oshirish yo‘nalishlarida tajriba almashish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.Rasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin